❄️Bugun erta tongdan viloyatimizning barcha tuman va shahar koʻchalari  уôl xoʻjaligi  ishchi-xizmatchilari koʻmagida  maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda.

📌Avtomobil yo‘llarini qordan tozalash,  muzlamalarga qarshi tuz-qum aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.

❄️Shu munosabat bilan, haydovchilardan noqulay ob-havo sharoitini inobatga olgan holda transport vositasini boshqarishda hushyor bo‘lishlarini, belgilangan tezlikka amal qilishlarini, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlarini hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz.