Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasining mas’ul xodimlari yo‘l xo‘jaligi qurilishida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Mazkur yig‘ilishga sohaga tegishli tashkilot rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.
Unda mas’ullar tomonidan tizimda olib borilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, qilinishi lozim bo‘lgan amaliy vazifalar belgilandi.
Tadbir yakunida seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
