MA’LUMOT
- 1. Qarshi shahri “Yerqurg‘on dehqon bozori atrofida piyodalar va avtomobillar uchun yer osti yo‘lini qurish bo‘yicha loyihasini ishlab chiqish uchun. Boshlang’ich narx taʼmirlash ishlari boʼyicha 180 000 000 so’m.
Tanlov takliflari 2026 yil 22-mayga qadar tanlov tashkilotchisiga – Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazi DM, Qarshi shahri, I.Karimov ko’chasi 60-A uy manzilida qabul qilinadi.
Ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar:
- Talabgorlar sohaviy tashkilotlari “C” va undan yuqori reytingiga ega bo`lishlari (ob`ekt sohasiga qarab);
- Tanlovda qatnashish buyurtmasini ta’minlash kafolatnomasi – Deklaratsiya;
- Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot (tashkilot guvohnomasi, doimiy xodimlari, jumladan: muhandis-texnik xodimlariga ega bo’lishi);
- Qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichida bo’lmaslik kafalot xati.
- Buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatidagi ma’lumotlar.
- “O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi qonuni asosiy talablari bo’yicha tanishganligi to`g`risidagi kafolati.
- Soliq inspeksiyasidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar oldida qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
- Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan berilgan kartoteka-2 da qarzdorligi mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risida ma’lumotnoma (asl nusxasi);
- O’xshash ishlarni bajarganligi to’g’risida oxirgi 3 yillik ma’lumotnoma;
- Moddiy texnika bazasi (inventarlar).
- Ishlarni bajarish buyurtmanomasi.
Aloqa uchun:
Tanlov tashkilotchisi – Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazi DM mutaxassisi S.Qosimov (98) 775-87-17