📣Markaziy sinov laboratoriyasi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ shahriga kirish qismida 70V078B avtomobil yo‘lining 2—3 km oralig‘ida nazorat va sinov ishlari amalga oshirildi.
📍Pudratchi: Yakkabog‘ TYFDM.
Ish turlari:
➡️Qum-shag‘al aralashmasi qalinligini tekshirish;
➡️Tekislovchi qatlam ishlari bo‘yicha nazorat;
➡️Mayda donali zich asfalt-beton qoplamasidan kern namunalar olish;
◾️Ushbu olingan kern namunalar laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilib, asfalt-beton qoplamasining sifati, mustahkamligi, zichligi va g‘ovakliligi aniqlanadi.

