“Ko‘kdala tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasining yuriskonsul’ti M.Eshmuradov tomonidan muassasa xodimlari ishtirokida xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilikda yo‘l sohasiga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ–4545-sonli “Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli “Avtomobil yo‘llari sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tashkil etildi.

Tadbir davomida yo‘l xo‘jaligi va yo‘l qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, korxona faoliyatida mehnat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom ishchanlik muhitini yaratish, mehnat intizomini mustahkamlash, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, mehnat unumdorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Targ‘ibot tadbirida xodimlarning kundalik faoliyatida huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, mehnat nizolarini oldini olish, mehnat shartnomalarini to‘g‘ri yuritish, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, yo‘l sohasidagi islohotlarning davlat va jamiyat rivojidagi o‘rni, zamonaviy yo‘l infratuzilmasini shakllantirishda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, har bir xodimning kasbiy malakasini oshirish va fidoyilik ruhini kuchaytirish muhim omil sifatida qayd etildi.

Tadbir yakunida xodimlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha fikr almashildi, amaliy tavsiyalar berildi hamda muhokama jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar taqdim etildi.

Mazkur tadbir korxona jamoasining huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan davlat siyosatini to‘laqonli anglash hamda uni amaliyotda samarali qo‘llashga xizmat qildi.