Yo‘llar qordan tozalanmoqda.

Qashqadaryoda gupullab qor yogʻmoqda.
Tuni bilan yoqqan qorni yoʻllar muzlamasligi uchun maxsus ishchi kuchlar jalb etilgan.
Kitob tumani hududiga qarashli “Taxtaqorаcha” dovonidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M 39“Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1135 —1145-kilometrlarida avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan qor tozalovchi  texnikalar yordamida yo‘llar  tozalanib qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.
Soha  xodimlari yo‘l qoplamasida muzlamalar bo‘lmasligi uchun tunu-kun yoʻllarni qordan tozalash ishlarini olib borishmoqda.

Qashqadaryo viloyati AYBB matbuot xizmati