Shu maqsadda Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi yuristkonsul’ti M.Xurramova Do’stlik MFY bilan hamkorlikda joylarda “Do’stlik” MFY profilaktika inspektori N.Abdug’affarovlar ushbu mahalla fuqarolari ishtirokida targ’ibot uchrashuvini tashkil etildi.

Huquqiy ongni oshirish va adolat tamoyillarini mustahkamlash har bir hududdagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Jamiyatning barcha qatlamlari huquqiy bilim va madaniyatni chuqurroq anglagan holda harakat qilsa, qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi samarali kurashish imkoniyati oshadi.

Uchrashuvda qatnashchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-yanvarda imzolangan PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu jumladan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati, qonun ustuvorligini mustahkamlashdagi roli va har bir fuqaroning jamiyatdagi mas’uliyati tushuntirildi.

Shuningdek,  korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Korrupsiya adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan eng xavfli illatlardan biri sifatida tanqid qilinib, uni oldini olish yo‘llari, qonuniy chora-tadbirlar va fuqarolarning ushbu boradagi xabardorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.