«Mahalla obod — yurt obod»

Yurtimiz bo’ylab «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharini Qashqadaryo MYBXDM ishchi xodimlari ham uyushqoqlik bilan o’tkazishmoqda. Kun davomida barcha ishchi- xodimlar o’z korxonasi atrofini obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ham ishlar olib borildi.