
Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatiga asosan Qarshi shahar «Aralovul», «Feruza» hamda «Kat» MFY larining 0,7 km uzunlikdagi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari ko‘zda tutilgan. Hozirda mazkur ichki xo‘jalik yo‘llarida Qarshi YMFDM yo‘lsozlari tomonidan mavjud yo‘l asosiga qo‘shimcha qum-shag‘al aralashmasi to‘kib, maxsus texnikalar yordamida mustahkamlash va tekislab zichlash ishlari olib borilmoqda.