
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Mahalliy ahamiyatdagi mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tarkibiy tuzilmalari hamda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari boshlandi.