
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24—25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayonining 48-bandiga asosan, Qarshi shahridagi 6 ta — Islom Karimov, Nasaf, Alisher Navoiy, Amir Temur, Xonobod yo‘li, Mustaqillik shoh ko‘chasi kabi radial ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi belgilanganligi haqida avval xabar bergan edik.
✅ Qarshi YMFDM yo‘l ustalari tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash jarayonlari avj pallada. Jumladan, Mustaqillik shoh ko‘chasi chiqindilardan tozalanib, beton ishlari olib borilmoqda.