Qarori ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ko‘kdala tumani markazidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4R84 “Yakkabog‘ sh. — Chiroqchi q. — Sho‘rbozor q.” avtomobil yo‘lining 67—78-km lari oralig‘ini rekonstruksiya qilish qismida qum-shag‘al aralashmasidan asosning ostki qismini qurish ishlari olib borildi.