Jarayon

Yakkabog’ tuman Yo’llardan foydalanish davlat muassasasi balansida bo’lgan davlat ahamiyatidagi 4Р84 “ Yakkabog’ sh. — Chiroqchi — Sho’rbozor” avtomobil yo’lida saqlash ishlari olib borildi. Kun davomida yo’l belgilari atrofi begona o’tlardan, yo’l chetlari esa qurigan xas-xashaklardan tozalandi. Shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi 4К286 «Yakkabog’ sh. — Samok q. — Tatar» avtomobil yo’lida ham yo’l bo’yida to’planib qolgan chiqindilarni tozalash ishlari olib borildi.