Jarayon

Yakkabog’ tuman Yo’llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy ahamiyatdagi 4K283 «Yakkabog’ — Olako’ylak — Shov — Dotqush» avtomobil yo’lining 18 —20- kilometr qismlari oralig’idagi «Bog’zor» MFY hududida hashar yo’li bilan 0,6 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo’lakchasining qurilish ishlari amalga oshirildi.