RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumani Istiqlol MFY Tog‘ariq ko‘chasidagi ichki yo‘lning sifatsiz ta’miri haqida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan “Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur ichki yo‘l “Tashabbusli budjet” dasturiga asosan 2023-yil 11-iyulda «Shaffof » elektron tender savdolari orqali Kasbi tumani “Istiqlol” MFY Zebo va I.Jumaev ko‘chalarini joriy ta’mirlash uchun «Ideal Servis Ekspress» MChJ tomonidan g‘olib deb topilgan va pudrat shartnomasiga asosan bunak (avans) mablag‘lari to‘lab berilgan. 2023-yil yakuniga qadar ushbu obyektda pudratchi korxona tomonidan ishlar bajarilmaganligi sababli iqtisodiy sudga da’vao arizalari kiritilgan. Sud qaroriga asosan obyektda ishlarni bajarmaganligi sababli penya unduruviga qaratilgan. Buyurtmachi tomonidan bir necha marta ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasiz qolganligi, pudratchi tomonidan shartnoma shartlari bo‘yicha pudrat ishlari hozirgi kunga qadar to‘liq bajarilmayotganligi, hamda budjet mablag‘larini maqsadli sarflash uchun yuzaga kelgan qarzdorlik summasini buyurtmachining hisob raqamiga qaytarish va ushbu shartnomani bekor qilish to‘g‘risida 2024-yil 20-may kuni Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Sud hal qiluv qaroriga asosan pudrat shartnomasi bekor qilinib to‘lab berilgan avans mablag‘lari buyurtmachiga qaytarilgandan so‘ng ushbu obyekt qayta elektron tender savdolariga kiritiladi va tender natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan pudratchi korxona tomonidan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi nazoratga olinishini ma’lum qilamiz.

Qashqadaryo viloyati AYBB Axborot xizmati

Yo‘limiz bir, niyatimiz xolis!