TADBIRKORLAR BILAN HUQUQIY TARG’IBOT OLIB BORILDI

Huquqiy targ’ibot dasturi doirasida Qashqadaryo viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi huquqiy targ’ibot guruhi tomonidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, targ’ibot guruhi a’zosi, Shahrisabz TYFDM yuriskonsulti Ashurov Mirzasulton tomonidan Shahrisabz shahridagi «Kesh» savdo kompleksida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yakka tartibda suhbatlar o’tkazilib, tadbirkorlik subyektlari o’rtasida tovar belgilarining tadbirkorlik faoliyatidagi o’rni va samarasi, tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatlariga barham berish bo’yicha huquqiy targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlarga 20 yoshga to’lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotmaslik «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to’g’risida»gi O’RQ-302-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-maydagi 148-son qarori, «Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimchalar kiritish to’g’risida” O’RQ-261-son Qonunlari, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 185-1-moddasi va Jinoyat kodeksining 250-1-moddalari doirasida javobgarlik masalalari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!