Huquqiy targ’ibot ishlari davom etmoqda

“Dehqonobod tuman Yo‘llardan foydalanish” DMda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qarori hamda yo’l sohasiga oid qabul qilingan yangi normativ huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati yuzasidan huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Yo’l qurilish sohasiga oid qonunchilik yuzasidan olib borilayotgan islohotlar to’g’risida ishchi- xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish korxonasida sog‘lom ishchanlik muhitini yaratish, ish samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligi talablariga qatiiy rioya etish bo’yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!