Jarayon

Serqatnov avtomobil yo‘llarida juda muhim nuqtalar bor. Bu yerda gap aynan yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi piyodalar o’tish joyi haqida bormoqda.
Chiroqchi TYFDM ishchi-xodimlari tomonidan tumandagi bir qator tashkilot, idora va davlat muassasalari, jumladan, Mustaqillik ko’chasidagi tuman hokimligi binosi ro’parasi, Mustaqillik ko’chasi bilan Xoljon ko’chasining kesishmasidagi chorraha, tuman IIB, tuman Aloqa bo’limi hamda Yangi qurilish ko‘chasidagi tuman Tibbiyot birlashmasi joylashgan manzillardan o’tuvchi avtomobil yo’llarining belgilangan qismlarida yo’lovchilarning xavfsiz harakatlanishiga ko’maklashuvchi ana shunday muhim yo’l yotiq chiziqlari chizildi.