KORRUPSIYASIZ JAMIYAT SARI!

Mutaxassislar tomonidan bir ovozdan taraqqiyot kushandasi deya izohlanuvchi korrupsiya shunchaki oddiy termin emas. Mamlakatimizda bu illatli jinoyatga qarshi murosasiz muhit yaratish maqsadida qator targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bu yop’ldagi islohotlardan ko’zlangan maqsad aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdir.
Chiroqchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi N.Jo’rayev va tuman Adliya bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi dehqon (oziq-ovqat) bozori MCHJ da «Korrupsiyasiz- jamiyat quramiz!» mavzusida ana shunday targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!