KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH—DOLZARB MASALA

Qarshi TYFDM ishchi-xodimlari o’rtasida muassasa yuristkonsulti A.Mardonov tomonidan «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarni shakillantirish» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Suhbat davomida xodimlarga «Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida»gi O’zbekiston respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati to’g’risida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyatimizda tomir otishga ulgurgan korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvining oldini olishda har bir kishi o’z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lmog’i lozimligi ta’kidlandi. Fuqarolarning halollik vaksinasi bilan emlangan bo’lishi, hushyorligi korrupsiyaning jamiyat va davlat ildiziga bolta urishiga kiddiy to’siq bo’la olishi Singapur tajribasi misolida izohlab berildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!