JARAYON

Keng va serqatnov avtomobil yo‘lini kesib o‘tish piyodalar uchun hamisha ham oson kechmagan. Bunday vaziyatda eng maqbul tanlov piyodalar o‘tish yo‘lidir. 100 –umumta’lim maktabi mahalliy ahamiyatdagi 4K 339 “Koson shahar aylanma yo‘li” avtomobil yo‘lining ustida joylashgan bo’lib, yo‘lni kesib o‘tish chog‘ida maktab ahlida ham ota-onalarda ham hamisha xavotir hissi bor edi. O‘quvchi va o‘qituvchilar jamoasini qiynab kelgan xavotirli masala endilikda barham topdi. Avtomobil yo‘lining katta qatnov qismida joylashgan maktab ahli uchun Koson TYFDM ishchi-xodimlari tomonidan yo‘lning maktabga o‘tish qismida piyodalar o‘tish yo‘li chizildi.

 

 

 

 

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!