RASMIY MUNOSABAT

Chiroqchi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi Chiroqchi tuman Pakandi qishlog‘ida yashovchi Muqaddam Qurbonovaning “ISHONCH.UZ” saytida e’lon qilingan “Yetmish yillik muammo bartaraf etiladimi?” sarlavhasi ostidagi murojaati bo‘yicha quyidagilarni yozib ma’lum qiladi.
Chiroqchi TYF DM tasarrufida bo‘lgan mahalliy ahamiyatdagi 4N271 “Chiroqchi—Pakandi—Dursin—Qoratelpak” avtomobil yo‘lining uzunligi 0-11 km.dan iborat. Shundan “Pakandi” MFY hududini kesib o‘tgan 0-4- km qismida aholining turar joy binolari zich joylashganligi, aholining o‘zboshimchalik bilan imorat va devor qurib olganligi sababli yo‘lning mavjud holatdagi eni 12-13 metrni tashkil etadi. Bu holatda esa piyodalar yo‘lakchasi qurishining imkoni yo‘q. Mazkur avtomobil yo‘li 4 -toifaga mansub.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021-yil 28-apreldagi №96-sonli buyrug‘ida 4-toifadagi avtomobil yo‘llarida yo‘l qurilishi uchun ajratilgan mintaqa kengligi yo‘l o‘qidan har ikkala tomonga 18 metrdan umumiy kengligi 36 metr qilib belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu avtomobil yo‘lida o‘zboshimchalik bilan qurilgan hovli devorlari buzilib, bartaraf qilingach, kerakli darajada kengaytirish ishlari bajarilgandan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi qurilishini ma’lum qilamiz.

Qashaqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!