RASMIY MUNOSABAT

Bloger Marsel Safin tomonidan “feysbuk” ijtimoiy tarmog‘iga chiqarilgan(https://www.facebook.com/groups/1562137814175100/posts/2460728050982734/) “Yevro 5 yo‘l” deb nomlangan tanqidiy video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
4K342 “A-378 a/yo‘li – Uyshun — 4R84 a/yo‘li” avtomobil yo‘li 30 km uzunlikda bo‘lib, mazkur yo‘lga Chiroqchi TYFDM tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Mazkur avtomobil yo‘li A-378 “Samarqand—G‘uzor” avtomobil yo‘li va 4R84 “Yakkabog‘ sh. — Chiroqchi q. — Sho‘rbozor q.” avtomobil yo‘llarini Uyshun qishlog‘i orqali bog‘laydi. Ushbu avtomobil yo‘li Chiroqchi tuman markazidan A-378 “Samarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘liga chiqadigan asosiy avtomobil yo‘li hisoblanadi. Shuningdek, Chiroqchi tumanidan tashqari Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlaridan, qisman Qamashi tumanidan Samarqand va Toshkent shaharlariga qatnovchi og‘ir yukli avtomobillar, yengil avtomobillar va turistik avtobuslar mazkur avtomobil yo‘li orqali tinimsiz harakatlanadi. Avtomobil yo‘li 1975-yilda qurilgan bo‘lib, hozirgi kundagi og‘ir yukli avtomobillarga mo‘ljallanmaganligi sababli, qoplamasida to‘lqinsimon cho‘kishlar hosil bo‘lib, yo‘l qoplamasida to‘rsimon yoriq va chuqurchalar ko‘payib ketgan.
2023-yilda 4K 342 “A-378 a/yo‘li—Uyshun—4R 84 a/yo‘li” avtomobil yo‘li 0—30- km qismini joriy ta’mirlash ishlari uchun 165 640 000 so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan Chiroqchi TYFUK tomonidan 160 228 000 so‘mlik 1649 m2 qoplamadagi chuqurchalarni tamirlash 8 dona yangi yo‘l belgi o‘rnatish 10 dona piyodalar o‘tish joylariga yotiq yo‘l chiziqlari chizish ishlari joriy ta’mirlash ishlari hisobidan bajarilgan. Bundan tashqari mazkur avtomobil yo‘lida Qashqadaryo MYFDM tomonidan 420 000 000 so‘mlik qoplamadagi chuqurchalarni ta’mirlash ishlari bajarilgan.
2024-yilda mazkur avtomobil yo‘lining holatini yaxshilash yuzasidan 150 tn qum-shag‘al aralashmasi bilan va 4 tn asfalt bilan qoplamadagi chuqurchalar ta’mirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha 35-sonli yig‘ilish bayonining 49-bandida Xitoylik investorlarni jalb qilgan holda Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi Chiroqchi tumani hududidagi 4K342 “A378 avtomobil yo‘li—Uyshun q. 4R84” 30 km avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

QASHQADARYO VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSH BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI