Uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining “Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchi yoshlarini saralab olish va ishga taqsimlash ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2022-yil 17-sentyabrdagi 162-son buyrugʻiga muvofiq.  Toshkent davlat transport universiteti talabalarida respublikamizning transport sohasidagi yirik tashkilotlar faoliyati haqida tasavvurini yanada boyitish, sohada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik islohotlarni ularning ongiga singdirish, ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish hamda bitiruvchi yoshlar ishga jalb qilish maqsadida ayni dam Toshkent davlat transport universitetida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mutasaddilari va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.