
📌Qashqadaryo viloyati AYBB tomonidan 3487 km. umumiy uzunlikdagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari “yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratilgan bo‘lib, “yashil” toifa -1254,8 km, “sariq” toifa -1415,6 km, “qizil” toifa -816,6 km.ni tashkil qiladi.
✅Xalqaro ahamiyatdagi 437 km. avtomobil yo‘llarining 150 km. qismi “yashil”, 167 km. qismi “sariq” va 120 km. qismi “qizil” yo‘l toifasiga kiritilgan.
✅Davlat ahamiyatidagi 926 km. avtomobil yo‘llarining 405 km. qismi “yashil”, 287,5 km. qismi “sariq” hamda 233,5 km. qismi “qizil” yo‘l hisoblanadi.
✅Mahalliy ahamiyatidagi 2124 km. avtomobil yo‘llarining ham 699,8 km. qismi “yashil”, 961,1 km qismi “sariq” va 463,1 km qismi “qizil” yo‘l toifasiga kiritilgan.
📌Raqamlardan ham ko’rinib turibdiki viloyatda yo’l qurilishi sohasida “yashil” toifa salmog’ini yanada oshirish uchun jadallik bilan ishlar amalga oshirilmoqda.