«Yo’llarni ta’mirlash borasida amalga oshirilgan ishlar» mavzusida jurnalist, blogerlar va OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Kecha Qarshi shahridagi viloyat «Jurnalistlar uyi»da Qashqadaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida «Yo’llarni ta’mirlash borasida amalga oshirilgan ishlar» mavzusida jurnalist, blogerlar va OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Ushbu matbuot anjumanida dastlab viloyatimizda yo’l sohasida 2023-yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024-yil uchun belgilab olingan rejalar xususida sohaning mas’ullari tomonidan batafsil maʼlumot berildi. Keyin jurnalist va blogerlar o’z fikrlari bilan o’rtoqlashib, sohaga oid mavjud muammolar yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Soha mas’ullari OAV vakillarining savollariga atroflicha javob berdilar.
Ma’lumot o’rnida: 2023-yilda tegishli dasturlar doirasida viloyatdagi 2 436km yo’llar ta’mirlanishi va 22 ta ko’priklar qayta qurilishi belgilangan. O’tgan 10 oy davomida 2 405 km yo’llar ta’mirlandi va 17 ta ko’priklarda qayta qurish ishlari yakunlandi.