YO‘L YOQASIDA “YASHIL BELBOG‘”

Ayni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari baravj sur’atlarda davom etmoqda.
Davlat ahamiyatidagi 4R87 “ A-378 avtomobil yo‘lining Qarshi shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 45—49-km qismida yashil belbog‘ yaratish ishlariga bel bog‘landi.
Qashqaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan hashar uyushtirilib, unda tizimdagi korxonalarda faoliyat olib borayotgan ishchi -xodimlar faol qatnashdi.

Hademay, viloyatimiz avtomobil yo‘llarining yoqalari ham yashillik barq urgan, ko‘kalamzorlashtirilgan “yashil belbog‘”lar bilan o‘ralgan ko‘rkam va bahavo hududga aylanadi.