Yashil makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasining avj sur’atlarda davom etayotgan kuzgi mavsumida viloyatdagi barcha tashkilot va muassasalar ham namunali ishtirok etishmoqda.
Xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil  yo‘lining 1156 — kilometrida faollik ko‘rsatayotgan Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining Olim Yusupov boshchiligidagi 168 — yo‘l bo‘limining ishchilari ham
ko‘kalamzorlashtirish amallarini uyushqoqlik bilan olib borishga bel bog‘lashdi va ko‘chat ekib, bog‘ yaratishdek savobli ishdan chetda qolishmadi.