
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu https://t.me/lsmoilov_26 telegram kanalida Mirishkor tumani “Obodon” MFYdagi ushbu yo‘ldan ko‘tarilayotgan chang fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi yuzasidan e’lon qilingan videotanqidiy murojaatga Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu murojaatda keltirilgan holat Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi masʼullari tomonidan o‘rganildi.
Ushbu avtomobil yo‘li mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar toifasiga mansub bo‘lib, 4K331 “Mirishkor q.—Chorvachilik kompleksi” deb nomlanadi. Yo‘lning umumiy uzunligi 4 km bo‘lib, Mirishkor tuman yo‘l korxonasi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lning mavjud holatidan kelib chiqib, 2—4-kmlar oralig‘ida korxona tomonidan ta’mirlash ishlari boshlangan. Biroq mablag‘ tanqisligi sababli ta’mirlash ishlari oxiriga yetmay qolgan.
Bosh boshqarma ushbu holatni e’tiborga olib, 2024-yilda yo‘lni ta’mirlash ishlariga mablag‘ ajratish va 1-mayga qadar ta’mirlash ishlarini nihoyasiga yetkazilishini ma’lum qiladi.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati