
Davlatimiz rahbarining «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qarori asosida Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (direksiya) buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot “Orion Prom Tex Servis” MCHJ tomonidan, Ko‘kdala tumani «Eski Anhor» mahallasini Samarqand viloyati Nurobod tumani bilan bog‘lovchi ko‘prik qurib foydalanishga topshirildi.
Bugun 29-avgust kuni mazkur ko‘prikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda aholi vakillari, nuroniylar hamda mutasaddilar ishtirok etib, aholi roziligiga erishish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.