
Xabaringiz bor, Openbyudjet orqali yutilgan hamda davlat dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati markazidan boshlab eng chekka hududlargacha navbati bilan ichki yoʻllarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda (https://t.me/qarshiliklar/12393?single).
Xususan, Nishon tumanidagi «Kimyogar» mahallasidagi 1170 metr masofadagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizilmoqda. Jumladan, ayni vaqtda ushbu mahalladagi «Muqimiy», «Istiqlol» va «G‘afur G‘ulom» ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.