
Ma’lumki, davlat rahbarining «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qarori xalqning chinakam quvonchiga aylanib, viloyatimizning barcha hududlarida bu boradagi ulkan amaliy ishlar olib borildi.
Xususan, qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Kasbi tumanining “Jizza” MFYda ichki ko‘chalar shag’allashtirildi. Mazkur loyiha bo’yicha jami 7,6 kmdan ortiq ichki yo‘llar shag’allashtirilib, obyekt qiymati 1 mlrd 429,1 mln so‘mni tashkil etadi.