
Qarshi shahri “Koʼkgumbaz” jome masjidi yoʼlini taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi
Viloyat hokimi Qarshi shahridagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida Nasaf koʼchasidagi “Koʼkgumbaz” jome masjidi yoʼlini taʼmirlash boʼyicha masʼullarga topshiriqlar bergan edi.
Berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Qarshi shahri Nasaf koʼchasidagi “Koʼkgumbaz” jome masjidi yoʼlini taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.