Obod_manzillar. Qaror_va_ijro (foto)

Muborakda PQ-408-sonli qaror ijrosi: Ko’prik qurib, foydalanishga topshirildi.

Davlat rahbarining PQ-408-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.

Jumladan, PQ-408-sonli qaror bilan Muborak tumani «Barkamol avlod» mahallasining Qarliq hududidan o‘tuvchi «SV-1-4» xo‘jaliklararo kollektor PK84+54 ustida yangi ko‘prik qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu ko’prik ochilish marosimida tuman hokimi Akram Aripov va nuroniylar, mahalla ahli ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘prik «Paxtakor» va «Barkamol avlod» mahallalarini bog‘lagan holda aholi uzog‘ini yaqin qiladi.