
Bugungi kunda jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashilayotgani, bunda har qanday holat ham kechirilmayotgani kunda, kunora ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan xabarlardan ham ko‘rinib turibdi.
Bu illatga qarshi kurash, uni oldini olish, tushuntirish, qonunchilik nazarda tutilgan jazo va tartiblar haqida ma’lumot berish esa yanada muhim hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi “ Qonunning mazmun mohiyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshi transport prokurori Baxrom Bobomurodovich Nazarov, O‘zbekiston transport yo‘l va kapital qurilish industriyasi xodimlar kasaba uyushmalari qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Boymurod Meyliyev Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xusniddin Kamolov va boshqarma tizimidagi korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zyo‘lloyiha” loyiha – qidiruv instituti DUK Qashqadaryo viloyati filiali, “Yo‘l loyiha byurosi” MCHJ Qashqadaryo viloyati filiali, “Qashqadaryo viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK (direksiya), Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi,Qarshi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi
Yig‘ilishda korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari hamda korrupsion holatlarning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. Mavzu yuzasidan savollarga atroflicha javob berildi.