
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi -Shaxrisabz magistral yo‘lining Yakkabog‘ tumani Nurli yo‘l mahallasidan o‘tgan qismi ta’mirtalab holga kelib qolganligi haqida videomurojaat e’lon qilingan.
Ushbu videomurojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladi.
Videomurojaatda aytib o‘tilgan yo‘l 4K319 “Tanxoz-Yakkabog’-Esat-Qozoq” avtomobil yo’li bo‘lib, ushbu yo‘l Yakkabog’ tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi balansida turadi.Yo‘lning 29-30 kilometrlar oralig’ida paydo bo’lgan uydum chuqurchalar hozirda asfaltobeton sexi ishlamayotganligi sababli, qum-shag‘al aralashmasi bilan joriy ta’mirlandi, tez kunlarda asfaltobeton zavodlarimizdagi gaz muammolari yechilgandan so‘ng ushbu yo‘lning ta’mirtalab qismlari asfaltobeton qorishmasi yordamida ta’mirlanadi.
Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari
MATBUOT XIZMATI