
«Guliston» QFY hududida mahalliy aholi orasida «Chopiq» deb nomlanuvchi qishloq bor. Hudud aholisi ichki xo‘jalik yo‘lini ta’mirlashni so‘rab, tuman hokimi qabuliga kelishgandi.
Ularning murojaatlari bugungi keng ko‘lamli islohotlar natijasida ijobiy yechim topmoqda.
Hudud xo‘jalik yo‘llarining 700 metr qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.09.2022 yildagi «Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 523-sonli qaroriga muvofiq ta’mirlanib, asfalt yotqizildi.
Shuningdek, mazkur qaror asosida Pomuq mahallasida ham yo‘llar ta’mirlanib, asfalt yotqizilgandi.