🔰 Xodim quyidagi holatlarda ishga qo‘yilmaydi:

▫️ majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganda;
▫️ o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmaganda;
▫️ karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda profilaktik emlashdan o‘tish rad etilganda;
▫️ alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida.

❌ Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.

➡️ Xodim g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zarar ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.