Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi 50 ta yo‘l bo‘limi boshliqlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-son qarori hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 10-maydagi 46-sonli buyrug‘i asosida test sinovi shaklida attestatsiyadan o‘tkazildi.

Attestatsiya jarayonida Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi davlat muassasasi mutaxassislari komissiya a’zolari sifatida ishtirok etib, yo‘l bo‘limi boshliqlarining nazariy bilimlari hamda kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasini baholadilar.

Mazkur attestatsiya rahbar xodimlarning kasbiy bilim va malakasini baholash hamda sohada samarali faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladi.