Bugun yoshlarning bilim olishi, munosib ish topishi, tashabbuslarini ro’yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar nafaqat ijtimoiy siyosatning, balki kelajakka qaratilgan strategik yondashuvning muhim ifodasidir.

Shu ma’noda, Prezident tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar bilan uchrashuv kuni” etib belgilangani yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi, ochiq va manzilli tizimini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo’llari Bosh boshqarmasida ham bu tashabbus qo’llab -quvvatlanib, samarali yo’lga qo’yildi.

Yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda so’z olganlar, imtiyozli kreditlar ajratish, biznes g’oyalarni amalga oshirishga ko’maklashish, ishbilarmon hamda tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarni qo’llab-quvvatlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishdi.

Tadbir davomida yo’l xo’jaligi sohasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.