Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari.
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari:
viloyat hududida avtomobil yo‘llari sohasida Muassisning yagona texnik siyosatini olib borish;
viloyat avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va Muassisga kiritish hamda tasdiqlangan davlat dasturlarini amalga oshirish;
viloyat avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
viloyat hududidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirish;
zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil — yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llaridan foydalanish masalalarini kompleks hal etilishini ta’minlash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, joriy ta’mirlash, tabiiy ofat oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish hamda jihozlash (texnika, mashina-mexanizmlar, texnologik uskunalarni xarid qilish) ishlari bo‘yicha buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish hamda sifati ustidan nazoratni olib borish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiglashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- a) viloyat hududida avtomobil yo‘llari sohasida Muassisning yagona texnik siyosatini olib borishda:
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash
borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya
etilishini ta’minlaydi;
— avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshga aholi punktlari ko‘chalarining hisobini yuritadi;
— tarkibidagi korxona va tashkilotlardagi safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiglashtiradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruktsiyalari, shu jumladan foto va video qayd etish texnik vositalarining o‘rnatilishiga ruxsatnomalar beradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bilan muhandislik kommunikatsiyalarining ko‘ndalang kesishishiga ruxsatnomalar beradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reclama ob’ektlarini (konstruktsiyalarini) qurishga ruxsatnomalar beradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, servis ob’ektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshga ob’ektlarni joylashtirish va qurish uchun ruxsatnomalar beradi;
— yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashuvchi yo‘llar (s’ezdlar) qurilishi uchun texnik shartlar (ruxsat) beradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetidagi ajratilgan mintaqalarda ob’ektlar qurilishi uchun, jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun texnik shartlar beradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi ob’ektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi;
— viloyat umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatuvni amalga oshiradi;
-viloyat umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlashda qo‘llanadigan yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarning sifati ustidan nazoratni olib boradi;
— tarkibidagi korxona va tashkilotlar faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek tarkibidagi korxona va tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshiradi;
- b) viloyat avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va Muassisga kiritish hamda tasdiqlangan davlat dasturlarini amalga oshirishda:
viloyat hududidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda yo‘l ta’mirlash ishlari manzil ro‘yxatlarini ishlab chigish va ko‘rib chigish uchun Muassisga kiritadi;
avtomobil yo‘llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish bo‘yicha Muassisga takliflar kiritadi va tasdiqlangan dasturlarni amalga oshiradi;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini o‘rnatilgan tartibda shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- v) viloyat avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilashda:
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
-iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, viloyatda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritadi;
— viloyat hududidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
— viloyat hududidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- g) viloyat hududidan o‘tadigan avtomobil yo‘llarining xalqaro transit yo‘laklarini shakllantirish va rivojlantirishda:
— viloyatdagi mavjud xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini jority etish, investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalari bo‘yicha Muassisga takliflar kiritadi;
- d) zamonaviy transport ogimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llaridan foydalanish masalalarini kompleks hal etilishini ta’minlashda:
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
-yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to‘xtatishni joriy etish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;
-qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun avtomobil yo‘llaridan foydalanish, avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
— fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuboradi;
- e) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, joriy ta’mirlash, tabiiy ofat oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish hamda jihozlash (texnika, mashina-mexanizmlar, texnologik uskunalarni xarid qilish) ishlari bo‘yicha buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish hamda sifati ustidan nazoratni olib borishda;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazadi;
— viloyatdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatuvni amalga oshiradi;
— yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;
- yo) xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, — shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini _loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtirishda;
— viloyatdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, gishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
— viloyatdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qiladi;
— viloyatdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-ishlab chigarishni texnikaviy va ashyoviy ta’minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish haqi to‘lashni o‘rnatilgan tartib va usullarni qo‘llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarilishini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qiladi;
— viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlari mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni avtomobil yo‘llarining ahamiyati bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida yo‘naltirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- j) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil, yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etishda;
— avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normative hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha Muassisga takliflar kiritadi;
— avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
— avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqigot ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlarini olib boradi;
- z) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda:
— yo’l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo‘llari sohasida malakali kadrlar tayyorlanishini, qayta tayyorlanishini ta’minlaydi;
— o’quvchilarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chigarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida sohaga oid ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
— ishchi-xodimlar uchun o‘quy-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etadi.
Bosh boshqarmaning huquq va majburiyatlari
1)Bosh boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huqualarga ega:
viloyat yo‘l xo‘jaligi faoliyatidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli davlat boshqaruv idoralariga takliflar kiritish;
mehnat unumdorligini oshishi va ishlarning sifatini ta’minlaydigan mehnatga haq to‘lashning turli shakllarini qo‘llash;
mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish masalalarini hal qilish;
davlat organlari, uyushmalar, korxonalar va_tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Bosh boshqarma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar manfaatlarini himoya giluvchi vakil bo‘lish;
tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinganda, Muassis bilan kelishgan holda vaqtincha rahbar tayinlash yoki rahbar vazifasini vaqtincha bajarishni mazkur korxona va tashkilot xodimlarining biriga yuklash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va imtiyozlardan foydalanish.
2) Bosh boshqarma boshlig‘i Bosh boshqarmaning yakkaboshchilik tartibida faoliyat yurituvchi ijrochi rahbari hisoblanadi va Bosh boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, xususan Bosh boshqarma nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi. Bosh boshgarma nomidan bitimlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, ularni o‘zgartiradi va bekor qiladi, buyruqlar chiqaradi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi.
3)Bosh boshqarma boshlig‘i Bosh boshqarmaga yuklangan vazifa va funktsiyalarga muvofiq Bosh boshgarma faoliyatining tashkil etilishi uchun shaxsan javob beradi.
4) Bosh boshgarma boshlig‘i Bosh boshgarma xodimlarining shtat jadvali bo‘yicha soni, ularning lavozim tarif razryadlari va ish haqi miqdorlarini Muassis bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
5) Bosh boshqarma boshlig‘i Muassis oldida ushbu Nizomda belgilangan tartibda Bosh boshqarma faoliyati to‘g‘risida hisob beradi.
6) Bosh boshgarma boshlig‘i o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Bosh boshqarma va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlar manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi, byudjet va byudjetdan tashgari fondlarga majburiy to‘lovlarni, ish haqini o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqlari va munosabatlaridan, ularga tenglashtirilgan to‘lovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, Bosh boshqarmaning ishlab chigarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar uchun pul mablag‘larining o‘tkazilmaganligi, o‘zining harakati (harakatsizligi) tufayli, shu jumladan Bosh boshgarmaga berilgan mol-mulklarning to‘liq saqlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
7) Bosh boshgarma o‘z tarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari magqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarning, korxona va tashkilotlardagi ishchi-xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z muddatida amalga oshirilishini tashkillashtirish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Shuningdek, Bosh boshqarma o‘z tarkibidagi korxona va _tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini to‘liq monitoringini yuritadi, debitor va kreditor qarzdorliklarning oshishiga, korxona va tashkilotlar tomonidan asossiz xarajatlarga yo‘l go‘yilmasligi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.