Xabaringiz bor, respublika bo‘yicha 13–14 mart kunlari umumxalq hashari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Bu yilgi bahorgi hashar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etildi.
🌲Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va boshqarma tasarrufidagi barcha tashkilot hamda korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ham hasharda faol ishtirok etishdi.
Daraxtlar oqlandi.
Xususan, 70 V 001 (A380a) Qarshi halqa yo‘lining 6–7-km oralig‘ida hudud iqlimiga mos turli xil manzarali yangi bahorgi ko‘chatlar ekildi.
🌲Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi

