Qashqadaryo viloyat
avtomobil yoʻllari
hududiy bosh boshqarmasi

Yagona raqam
+99875 221-15-72 ishonch raqami
BARCHA RAQAMLAR

Joriy yilning 19-fevral kuni “ @ToshkentKanali131” telegram kanali orqali «Мана аҳвол
Жуда кулгили ва ачинарли. Шарманда, уят. Лекин, радарни нима бўлса ҳам жойлаштиришибди, қойил» mazmunidagi e’tirozli video murojaati ijtimoiy tarmoqqa joylandi.

Bunga, Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagicha munosabat bildiradi.

Bundan sal oldin ham aynan shu yoʻl haqida munosabat bergan edik.

Aminmanki,har bir haydovchi va yoʻlovchi xalqaro ahamiyatdagi M39 “Almati— Bishkek— Toshkent—Shahrisabz— Termiz” avtomobil yo‘lidan oʻtar ekan, yoʻlning 1255—1315-km qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganini koʻrish mumkin.

Yaqin kelajakda, mazkur yo‘l rekonstruksiya qilingandan so‘ng, xalqaro magistral yo‘llar tarmog‘iga ulanib, magistral yo‘l halqaro transport koridorlarini bir-biriga bog‘lovchi bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi eng uzun yangilanayotgan trassalardan biri boʻladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu yo‘l O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 apreldagi PQ-158-son qaroriga asosan “Islom taraqqiyot”banki hamda “OPEK- Xalqaro taraqqiyot” jamg‘armasi ishtirokida rekonstruksiya qilinmoqda.
Hozirda, Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M 39 “Almati— Bishkek— Toshkent—Shahrisabz— Termiz”avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilinib, sementbeton qoplama yotqizish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mas’ullarning ma’lumotlariga qaraganda,loyihani amalga oshirish muddati 5 yil bo‘lib, (2024-2029 yillar) rekonstruksiya qilish ishlari Xitoy davlatining “China Road and Bridge Corporation” va “Dineshchandra-Newtech-Tekar” qo‘shma korxonalari tomonidan olib borilayapti.

Mazkur loyihada avtomobil yo‘lida sementbeton qoplama qurish nazarda tutilgan.

Hurmatli,ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi !!!!

Bajarilayotgan ishlarni qilinmadiga chiqarish masalaga quruq koʻr- koʻrona yondashish hisoblanadi.
Soʻzingizga e’tiborli boʻling!!!

Vohaning o‘z egasi bor.

Shunday ekan, har bir manzil e’tiborda..

Qashqadaryo viloyati AYBB matbuot xizmati