Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish korxonasida huquqiy targ’iboti

“Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-sonli qarori hamda yo’l sohasiga oid qabul qilingan yangi normativ huquqiy xujjatlar mazmun mohiyati yuzasidan huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Yo’l qurilish sohasiga oid qonunchilik yuzasidan olib borilayotgan islohatlar to’g’risida ishchi- xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish korxonasida sog‘lom ishchanlik muhitini yaratish, ish samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligi talablariga qatiiy rioya etish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.