HUQUQIY BILIMLARNI OSHIRISH YUZASIDAN TARG’IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA.

Fuqarolar orasida ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ’ibot ishlarini samarali tashkil etish jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi yuriskonsul’ti M.Xurramova Dehqonobod tuman qo’riqlash bo’limi katta leytenanti R.Ibragimov, katta leytenant M.Saidovlar bilan birgalikda tumanda faoliyat olib borayotgan «Robiya ona» xususiy korxona rahbari J.Jumayeva ishtirokida targ’ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Targ’ibot uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 09-yanvar kunidagi 5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong vaqtida huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish tog’risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.