Dehqonobod tuman yoshlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bag’ishlangan davra suhbati

“Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasi yuriskonsul’ti M.Xurramova Dehqonobod tuman “Istiqlol” mahalla fuqarolariga aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

   Suhbatda tumandagi mahalla yoshlari qatnashdi. Davra suhbatini targ‘ibot guruhi a’zosi “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi yuriskonsul’ti Maxsuda Xurramova ochib berdi hamda  mavzu yuzasidan tegishli tushunchalar berdi

2023-2024 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror ijrosi haqida taklif va tavsiyalar berildi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida muntazam ravishda targ’ibot tadbirlari tashkil etish davom etmoqda.

Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.