“Korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to’siqdir” mavzusida Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tuman fuqarolari o’rtasida xotin-qizlar maslahat guruhi rahbari O.Norsafarova, “Huquqiy targ’ibot va tashviqot” guruhi a’zosi “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasi yuriskonsu’lti М.Xurramovalar “Korrupsiya – rivojlanishimizga to’siqdir” mavzusida davra suhbati bo’ib o’tdi. Davra suhbatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu to’g’risida qabul qilinayotgan qonun xujjatlarining mazmun mohiyatiga alohida to’xtalib o’tildi.
Huquqiy targ’ibot guruh a’zosi “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasi yuriskonsu’lti M.R.Xurramova “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri borasida tushunchalar berdi.
Bundan tashqari davra suhbatida qatnshgan fuqarolarning o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob berilib, o’z fikr mulohazalari bildirildi.

Korrupsiyaga to’g’risida targ’ibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

