Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yo’nalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, diniy ekstremizm va uning salbiy oqibatlari to’g’risida
“Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasi mas’ul xodimlari uchun o’tkazilgan huquqiy targ’ibotda Dehqonobod tuman hokimi o’rinbosari O.Boyto’rayev, “Davlat xavfsizlik xizmati” bo’lim boshlig’i Sh.Sanaqulov ishtirokida “Dehqonobod tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasi davlat muassasasi v.v.b direktori Q.Bo’riyev, “Dehqonobod tuman yo’llardan foydalanish” korxonasi DM yuriskonsul’ti huquqiy targ’ibot guruhi a’zosi M.Xurramova hamda davlat muassasaning ishchi-xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yo’nalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, diniy ekstremizm va uning salbiy oqibatlari” to’g’risidagi Qonunlar mazmun mohiyati, tumanda ijtimoiiy-ma’naviy, diniy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremistik tashkilotlar va mutaassib guruhlar g’oyalarning aholi va yoshlar orasida tarqalishini oldini olish, “Ma’naviyatimizga salbiy ta’sir ko’rsatadigan tahdidlarga qarshi kurashish” shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Mazkur targ’ibot tadbirida ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, aholining ongi tafakkurida “Ommaviy madaniyat”ga turli yot g’oyalarga, milliy ma’naviyat”ga zid keluvchi salbiy holatga qarshi immunitet hosil qilib, ularni faqat ezgulikka, Vatanni sevishga qaratilgan targ’ibotlar orqali ishtirokchilarda ma’naviy etuklikni yanada rivojlantirish borasida ishchi-xodimlarga yuqorida ta’kidlangan mavzular yuzasidan tushunchalar berib o’tildi.
Bundan tashqari, Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlar mohiyati, davlat va din munosabatlari va yoshlarni turli yot g’oya’lar tahdidlaridan ogoh etish yuzasidan ma’lumotlar, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, shubhali shaxs yoki nojo’ya hatti harakatlar sezilsa tegishli organlarga xabar berish kerakligi aytib o’tildi. Internet va qo’l telefonlari tegishli organ tomonidan nazorat qilinishi, taqiqlangan saytlarga kirmaslik yoki targ’ib qilmaslik, barcha ishchi xodimlardan xushyor bo’lishni takidlab o’tdi.
Dinni niqob qilib olgan guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ijtimoiiy tarmoqlardagi taqiqlangan diniy materiallarni saytlarda ko’rmaslikni aytib o’tib, shu mavzuda aniqlangan holatda davlat xavfsizlik xizmati ishonch telefonlariga murojjat qilish kerakligi tushuntirilib, korxona rahbar, ishchi-xodimlar ongiga tahdid solishga harakat qilayotgan ushbu oqimning ta’siriga tushib qolmaslik uchun har birimiz ogoh bo’lishimiz, yurt tinchligi va xalq faravonligi yo’lida o’z hissamizni qo’shishimiz, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiya usullaridan foydalanish kerakligi to’g’risida tushunchalar berildi.
Ijtimoiiy tarmoqlarda har-xil oqimlarga targ’ib qiluvchi vidyo va materiallar tarqatish holatlari uchrab turganligi, bunaqa materiallarni tarqatmaslik, diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari haqida so’zlashildi.


