Huquqiy targ‘ibot!

Mirishkor TYFK yurist-konsulti Xudoyberdiyev Ortiqning tashabbusi bilan 2025-yil 27-oktyabr kuni Mirishkor tumani Adliya bo‘limining boshlig‘i Ahmadqulov Rahmatillo korxonaga taklif qilinib, korxona xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi va qiziqarli suhbat olib borildi.Ahmadqulov R. o‘z ma’ruzasida korrupsiya bu inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yemirilish ma’nosini bildiradi, jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dastlabki illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlarimiz xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm kabi hodisalar ildiz otib, kuchayishi uchun sharoit yaratib beradi, deb u o‘z so‘zida ta’kidladi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 167-moddasi hamda Mehnat kodekslari bo‘yicha ma’ruza qilib, tushuntirish berdi.