QASHQADARYODA YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

Xalqimiz azaldan yo‘l, ko‘prik qurishni eng savobli amallardan, deb biladi.
🛣Yo‘l, ko‘prik qurganlarning mehnati ulug‘lanadi.
🛣Mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo‘llari, ko‘priklar qurish, yo‘lda harakatlanish qulayligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
⚡️Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimining sel va suv toshqinlariga qarshi kurashish Viloyat hukumat komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga asosan, loyiha tashkilotchisi “Qashqadaryo kompleks loyiha qidiruv ekspeditsiyasi” loyihasi asosida, Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi buyutmasi asosida D155 (4R92) «Qarshi-Talliqo‘rg‘on-Jeynov-Pomuq» avtomobil yo‘lining 9-kmdagi ko‘prikda qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
♦️Ko’prikning qatnov qismi 10,5 metr bo’lib, qurilishiga 1-toifali to‘sin (BDO-3) dan 24 dona, uzunligi 18 metr bo’lgan plita PN18.99.78 14- dona, tayach qoziqlariga 12 metrli qoziqlar (SVAY SM 12.35. T3) 44 dona, piyodalar yo’lagiga PTM3. 68. 8 12-dona, g’ildirak qaytaruvchi to‘sin BK3. 64.75 12-dona o’rnatildi. Ko’prik kirish va chiqish qismiga  28 dona uzunligi 4 metr bo’lgan o’tish plitalari PP4. 99.30 o’rnatilgan.
♦️ Hozirgi kunda ko’prikda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, transport va piyodalarning xavfsiz harakati yo’lga qo’yilgan.

♦️Bunda pudratchi tashkilot “O‘zyo‘lko‘prik» klasterining Qashqadaryo viloyati filiali davlat muassasasi loyiha doirasida o‘z ishlarini sifatli bajarishdi.

⚡️Endilikda mahalliy aholi ko‘zlangan manzilga oson va xavfsiz yetib oladilar.